Bizning universitetga 100 yil! 1918-2018
Yoshlar huquqlari BMT himoyasida
Yoshlar huquqlari BMT himoyasida
21.02.2019

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida BMTning “Yoshlar huquqlari to`g`risida”gi konventsiya loyihasi targ`ibotiga bag`ishlangan davra suhbati bo`lib o`tdi.  Unda universitetning barcha fakultetlaridan faol talabalar ishtirok etdilar. 

Batafsil Madaniy va ma’rifiy tadbirlar
BIRINCHI O`ZBEK REKTORI
BIRINCHI O`ZBEK REKTORI
19.02.2019

Asr tengdoshi bo`lgan Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti tarixi zarvaraqlariga nomlari zarhal harflar bilan bitilgan ulug` siymolar juda ko`p. Nafaqat universitetimiz, balki, mamlakatimiz oliy ta`lim muassasalari tarixida birinchi o`zbek rektori sifatida yorqin iz qoldirgan shunday siymolardan biri – buyuk jadid bobomiz Munavvar qori Abdurashidxon o`g`lidir.

Batafsil Universitet
Istiqbolli uchrashuv
Istiqbolli uchrashuv
19.02.2019

O`zbekiston Milliy universitetida  bir guruh korealik delegatsiya – Taekvandoni targ`ib qilish jamg`armasi  vakillari  kutib olindi. Jamg`arma raisi  Sang Vuk Li boshchiligidagi delagatsiya tarkibi :  ilmiy tadqiqot idorasi menejeri Kim Xyun-Vu, Kang Seuk Kim, taekvando ta`limi targ`ibot fondi vakili Jung So Lim . 

Batafsil Universitet
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISHCHILARNI TAYYORLASHNI KUCHAYTIRISH
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISHCHILARNI TAYYORLASHNI KUCHAYTIRISH
18.02.2019

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) O‘zbekistondagi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi va O‘zbekiston Milliy universiteti bilan yaqin hamkorlikda mamlakatda ijtimoiy ishchilarni tayyorlashni kengaytirish va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha yangi dasturni ishlab chiqdi.

Batafsil Madaniy va ma’rifiy tadbirlar
O`zMU shahar tashqarisiga ko`chirilmaydi!
O`zMU shahar tashqarisiga ko`chirilmaydi!
17.02.2019

Ba`zi ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetlarining shahar tashqarisiga ko`chirilishi mumkin, degan xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev bu gap-so`zlar asossiz ekanini ma`lum qildi! Yashasin poytaxt shahrimizning odil hokimi, deydi Donish domla. Bamisoli jannatga aylantirilayotgan Talabalar shaharchasi ham o`zimizga — ulug` ustozlar-u umidli yoshlarimizga buyuradi! Ular shunga yarasha ilmu ma`rifatni davom ettirib, to abad ona Vatanimizning yuksalishi, taraqqiy etishi yo`lida kurashaveradilar!

Batafsil Universitet
Ajdodlar jasorati – avlodlar merosi
Ajdodlar jasorati – avlodlar merosi
16.02.2019

O`tmishda o`nlab, yuzlab buyuk ajdodlarimizning biz uchun ham ibratli ishlari va ular qoldirgan boy meroslari haqida hamisha faxrlanib gapiramiz.  Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo`lida uzzu kun sergak bo`lib xizmat qilayotgan harbiy qismlardan birida o`tkazilgan ijodiy uchrashuvda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dotsenti, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi “Ma`rifat” targ`ibotchilar jamiyati a`zosi To`lqin Eshbekning Munavvar qori Abdurashidxonov hayot yo`li va ijodigi bag`ishlangan “Ajdodlar jasorati – avlodlar merosi” mavzuidagi ma`ruzasi tinglovchilarda katta qiziqish uyg`otdi. 

Batafsil Universitet
Barcha yangiliklar
Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari